204-maktabda tadbir.

Maktabda 7-sinflar o`rtasida “SIZ TARIXNI BILASIZMI?” MAVZUSIDA kecha bo`lib o`tdi. Kechada maktab o`qituvchilari va barcha 7-sinf o`quvchilari va ota-onalar ishtirok etishdi.

Published in:Tadbirlar |on May 19, 2011 |2 Comments »

Сайт средней школы №204 Хамзинского района › Создать новую запись — WordPress

204-maktab jamoasi barchani NAVRO`Z  AYYOMI BILAN MUBORAKBOD ETADI!!!!

Published in:Tadbirlar |on March 11, 2011 |1 Comment »

Assalom NAVRO`Z!!!

204-maktab jamoasi barchani kirib kelayotgan NAVRO`Z ayyomi bilan chin dildan muborak bod etadi.

Published in:Yangiliklar / Новости |on March 11, 2011 |No Comments »

Marhabo, ey NAVRO`ZI olam!

Marhabo, ey, navro`zi olam! Rivoyat:Sumalak Bibi Fotima onamizning oshlari ekan. Kunlardan bir kuni u kishining bolalari och qolishibdi. Ovqat pishirib beray desalar, uyda hech vaqo yo`q ekan. O`shanda bahor ko`katlari yerdan bosh ko`tarayotgan payt ekan. Bibi Fotima onamiz hovlining bir chetiga kuzda bir hovuch don sepgan ekanlar qarasalar maysalab qolibdi. Darhol shu maysani maydalab qozonga solib, yaxshilab aralashtirib ustidan suv quyibdi. Onamiz biroz qozon ko`vlab bolalariga qo`shilib o`zlari ham uxlab qolibdi. Ertalab uyg`onib qarasa 30 ta farishta qozonni kovlab pishirayotgan emish. Shu-shu bu taomning nomi SUMALAK-O`TIZ MALAK ” deb nom olgan ekan.   Navro`z – do`stlik, mehr-muruvvat va hamjihatlik bayrami. Sumalak, halim va ko`k somsaning gashti o`zgacha. Ammo asosiysi, bu kunda hamma ginalar unutiladi, yangi maqsadlar, ezgu orzu-umidlar xuddi daraxt novdalariga o`xshab yana kurtak yoza boshlaydi. Tabiat uyg`ongach, hech qanday musiqaga ehtiyoj qolmaydi. Daraxtlarning yengil tebranishi, qushlarning sho`x-shodon sayrog`i, tarnovlardan oqib tushayotgan yomg`irning tomchilashi yoqimli musiqadek. Hamza tumanidagi 204-maktabbi sahnasida xuddi shunday kayfiyat hukmron. Bolajonlar ishtiyoq bilan ijro etayotgan she’r va qo`shiqlar, raqslar, sahna ko`rinishlarida beg`uborlik va quvonch, hayajon mujassam. 

9-sinflar, maktab o`qituvchilar jamoasi va ota-onalar ishtirokida Navro`z bayramiga bag`ishlangan katta bayram tantanasi nishonlandi. Unda o`quvchilar tomonidan laparlar, milliy o`yinlar, milliy raqslar, sahna ko`rinishlari barcha mehmonlarga taqdim etildi.

  Maktabimizda “Siz tarixni bilasizmi?” mavzusida 9-sinflar o`rtasida ko`rik-tanlov bo`lib o`tdi. Ko`rik tanlovda barcha 9-sinfo`quvchilari, maktab o`qituvchilari va ota-onalar ishtirok etishdi.

Read the rest of this entry »